Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minval AZAL samolyoti halokatining yangi tafsilotlarini ma’lum qildi
Minval Politika nashrining ozarboyjonlik jurnalistlari samolyotga raketa uchirilgan paytda navbatchi bo‘lgan rossiyalik harbiy xizmatchilar nomini ma’lum qildi. Buyruqni 51-havo hujumidan mudofaa diviziyasi komandiri bergani aytilmoqda.

Foto: Meiramgul Kussainova/Anadolu/picture alliance
24 iyul, payshanba kuni Ozarbayjonning Minval Politika nashri 2024 yil dekabrida AZAL Ozarboyjon aviakompaniyasi o‘qqa tutilishi vaqtida xizmatda bo‘lgan barcha rossiyalik harbiy xizmatchilarning ismlarini aytib o‘tdi. Nashr bu ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmadi. Hozircha boshqa manbalar buni tasdiqlamadi.
Minval'ga ko‘ra, 51-havo mudofaasi diviziyasi katta navigatori, kapitan Dmitriy Pudovkin, Janubiy harbiy okrug shtabining tezkor navbatchisi, podpolkovnik Vladimir Yanovskiy va 4-havo mudofaa armiyasi qo‘mondonlik punktining tezkor navbatchisi polkovnik Gennadiy Yeremenko raketa uchirilishi vaqtida navbatchi bo‘lgan.
Rossiyaning Astra Telegram kanali sizdirilgan ma’lumotlar bazasiga tayanib, Minval nomini tilga olgan uch nafar rossiyalik ham haqiqatan ham harbiy xizmat bilan bog‘liqligini xabar qildi.
22 iyul kuni Minval havo nishoniga zarba berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri buyruqni 51-havo mudofaasi diviziyasi qo‘mondoni, general-mayor Aleksandr Tolopilo berganini yozgan. Nashrning ta’kidlashicha, bu haqda podpolkovnik Nikolay Orlyanskiyning ichki tekshiruvi vaqtida aytilgan, u Tolopiloning buyrug‘ini olgan va o‘z navbatida kapitan Pudovkinga nishonni yo‘q qilish buyrug‘ini bergan.
Mavzuga oid

14:06 / 24.07.2025
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi

22:12 / 19.07.2025
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

20:03 / 08.07.2025