Yevropaning parvozlar soni bo‘yicha eng yirik aeroporti ma’lum qilindi
Reytingda yetakchi bo‘lgan Istanbul aeroporti 2021 yilda qariyb 40 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Foto: Lefteris Pitarakis / AP
Yevropa havo xavfsizligi tashkiloti parvozlar soni bo‘yicha Yevropadagi eng yirik aeroportlar reytingini e’lon qildi, deb xabar berdi Avianews.
Unga ko‘ra, Istanbul aeroporti kuniga 893ta reys bilan reyting yetakchisi bo‘ldi.
Ikkinchi o‘ringa kuniga 826ta reys bilan Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti joylashdi.
Kuniga 778ta uchish-qo‘nish amalga oshiriladigan Madriddagi Baraxas aeroporti ro‘yxatda uchinchi bo‘ldi.
Yuqori o‘ntalikka shuningdek, Frankfurt, Sharl-De-Goll (Parij), Xitrou (London), Sabixa Gekchen (Istanbul), Myunxen, Barselona va Lissabon aeroportlari kirdi.
Reyting 30 yanvardan 5 fevralgacha kuniga o‘rtacha amalga oshiriladigan reyslar soni asosida tuzilgan.
Avvalroq Istanbul aeroporti 2021 yil yakunlari bo‘yicha Yevropaning eng zich aeroporti deb topilgandi. Aeroport qariyb 40 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid

21:05
Erdo‘g‘an: AFAD va SSV bo‘linmalari jangovar shay holatga keltirildi

18:48
Istanbul yaqinidagi zilzila. 150 dan ortiq kishi jarohatlangan

16:20 / 17.04.2025
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi

18:12 / 12.04.2025