Qozog‘iston prezidenti hukumat iste’fosini qabul qildi
Qozog‘iston prezidenti To‘qayev hukumatning iste’fosini qabul qildi, Smoilov bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

Foto: TASS
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublika hukumatining iste’fosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Alixon Smoilov bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
«Qozog‘iston Respublikasi hukumatining iste’fosi qabul qilinsin. Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri vazifasini bajarish vaqtincha Smailov Alixon Asxonovich zimmasiga yuklansin», — deyiladi farmon matnida.
Hujjatda hukumat a’zolariga vazirlar mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etish topshirilgan.
2019 yil 25 fevraldan buyon Qozog‘iston hukumatini Asqar Mamin boshqarib kelayotgandi.
Shuningdek, prezident matbuot xizmatining Twitter’dagi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib To‘qayev ma’muriyati rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Murat Nurtleu tayinlangan.
Avvalroq, Qozog‘iston hukumati aholining suyultirilgan gaz narxi ko‘tarilishiga qarshi noroziliklaridan so‘ng narxni tushirishga rozi bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, hukumat komissiyasi a’zolari Aqtaudagi namoyishchilar bilan uchrashgan va Mang‘istau oblasti uchun bir litr gaz narxi 50 tenge deb belgilanishini bildirgan.
Mang‘istau oblastida 2 yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oshirilganiga qarshi norozilik mitinglari o‘tkazmoqda. Norozilik namoyishlariga Qozog‘istonning boshqa shaharlari aholisi ham qo‘shilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

14:03 / 06.06.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi

00:15 / 06.06.2025
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

13:59 / 05.06.2025