Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marsda katta miqdorda muz zaxiralari aniqlandi
Rossiya va Niderlandiya olimlari “EkzoMars-TGO” zondi yordamida Marsning Mariner vodiysida katta miqdorda muz zaxiralarini aniqlashdi.

Foto: esa.int
“TGO zondi Marsda ko‘p metrlik chang va tuproq ostida avval aniqlashning imkoni bo‘lmagan suv zaxiralarini aniqlay oladi. Jumladan, zonddagi FREND qurilmasi Mariner vodiysidagi kanonlar tizimida sirtining 40 foizi muz qatlamidan iborat maydonni aniqladi”, deb aytilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, muz topilgan maydon Ladoga ko‘lidan deyarli 2,5 marta katta.
Mariner vodiysi ulkan kanonlar tizimi bo‘lib, ular Qizil sayyoraning janubiy yarimsharida joylashgan. Ularning uzunligi 4,5 ming kmni, chuqurligi 11 kmni tashkil qiladi.
FREND neytron spektrometri Mars tuprog‘i ostida suv va vodorodning boshqa birikmalari izlarini aniqlay oladi.
“Marsda suv uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ho‘l qumdagi suv – bunday suv bir necha foizni tashkil qiladi. Ikkinchisi, kimyoviy bug‘langan suv, gidratlashgan minerallar bo‘lib, ular Marsdagi jami suvning 15 foizini tashkil qilishi mumkin. Uchinchi ko‘rinishi – sof muz”, deb aytishgan olimlar.
Avvalroq olimlar qadimda Qizil sayyorada ko‘llar, daryolar va hattoki okean bo‘lganini aytishgan. Biroq Marsda suv sayyora atmosferasining katta qismi bilan birga 3,5 mlrd yil oldin yo‘q bo‘lib ketgan.
Mavzuga oid

22:00 / 17.07.2025
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi

00:02 / 04.07.2025
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi

20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi

01:03 / 08.05.2025