NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Agar ushbu reja amalga oshadigan bo‘lsa, bu SpaceX kompaniyasi uchun juda foydali bo‘ladi, chunki parvozlar uchun aynan Ilon Mask kompaniyasining raketalaridan foydalanilishi mumkin.

Foto: NASA
NASA yaqin yillar ichida Marsga raketa uchirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda agentlik matbuot kotibi Betani Stivensga tayanib, Politico xabar berdi.
«Biz keyinchalik insonlarni Marsga qo‘ndirish imkonini beradigan yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni, jumladan 2026 va 2028 yillardagi start oynalaridan foydalanishni baholayapmiz», — deydi Stivens.
Qayd etishicha, 2026 va 2028 yillarda Yer va Mars bir-biriga juda yaqin masofada yaqinlashadi, bu esa parvozlarni amalga oshirishga qulay.
NASA bayonoti kosmosni o‘rganishdagi ustuvor yo‘nalishlar o‘zgarayotganidan dalolat beradi. Chunki AQSh Kongressi allaqachon Oyni o‘zlashtirish dasturini ma’qullagan va NASA’ga Yerning tabiiy yo‘ldoshi yoki uning yaqinida insonlarning uzoq muddat qolishini ta’minlash majburiyatini yuklagan. Shu sababli, kongressmenlar yangi xarajatlarni moliyalashtirishga rozilik berishdan voz kechishlari mumkin.
NASA’ning odatda agentlik rejalaridan xabardor bo‘ladigan xodimlari Politico’ga ustuvor yo‘nalishlar o‘zgargani haqida ma’lumotga ega emasliklarini aytgan.
Agar NASA’ning yangi rejalari amalga oshsa, bu Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi uchun juda qulay vaziyatni yaratishi mumkin, chunki ushbu parvozlar uchun aynan uning raketalaridan foydalanilishi ehtimoldan xoli emas.
Avvalroq Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask odamsifat Optimus robotiga ega Starship koinot kemasi 2026 yil oxirida Marsga uchishini e’lon qilgandi. Agar parvoz muvaffaqiyatli yakunlansa, odamlar Marsga 2029 yildayoq qo‘nishi mumkin.
Mavzuga oid

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

23:01 / 22.04.2025
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi

23:45 / 13.04.2025
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi

17:51 / 03.04.2025