Pirotexnika vositalarining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi
2021 yil 1 noyabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona va DXX boshqarmasi, Milliy Gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanuvi oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Tezkor tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan, Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi avtoturargoh hududida fuqaro T.A. tegishli bo‘lgan 3 dona qog‘oz korobka tadbir ishtirokchilari va xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati 17,8 mln so‘mlik jami 55 992 dona pirotexnika vositaci borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:48 / 02.01.2025
GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi

12:02 / 30.12.2024
Toshkent viloyatida 60 mingdan ortiq pirotexnika vositalari ushlab qolindi

07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

20:20 / 27.11.2024