Toshkent viloyatida 60 mingdan ortiq pirotexnika vositalari ushlab qolindi
Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini oldini olishga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari davom etmoqda.

Foto: IIBB
Viloyat IIBB xabar qilishicha, Ohangaron tumanida YPX inspektorlari tomonidan 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi (U.B.) boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk mashinasi tekshirilgan.
Natijada avtomobildagi yuklar orasiga yashirilgan holda, qiymati 30 mln so‘mlik jami 2 900 dona pirotexnika vositalari olib o‘tilayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, Farg‘ona–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Tracker avtomobili Ohangaron tumani “Chinor” YPX maskanida ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtatildi.
1989 yilda tug‘ilgan haydovchi (B.M.) boshqaruvidagi transport vositasi tekshirilganda, avtomobil yukxonasida noqonuniy olib o‘tilayotgan 57 600 dona pirotexnika vositalari hamda 348 quti tamaki mahsuloti borligi aniqlangan.
Hozirda holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025