Sirdaryoda bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish 75,1 foizni tashkil etdi

Foto: KUN.UZ
2021 yil iyun oyi holatiga Sirdaryo viloyati hududidagi 68 153 nafar 3-7 yoshli bolalardan 51 204 nafari 762 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi. Joriy yilning 6 oyi davomida viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni 548 tadan 762 taga (+214 ta), bolalar soni 47 428 nafardan 51 204 nafarga (+3 776 nafar), qamrab olish ko‘rsatkichi 5 foizga ortdi. Bu haqda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot kotibi Dilfuza Urakbayeva Kun.uz’ga ma'lum qildi.
2021 yilning 6 oyi davomida 2 ta yangi qurilgan 260 quvvat o‘rinli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, 1 ta 100 quvvat o‘rinli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 213 ta, 5325 quvvat o‘ringa mo‘ljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti negizida 12 ta mobil guruhlarni tashkil etish orqali 192 nafar, bolalarni boshlang‘ich ta'limga majburiy tayyorlash bo‘yicha 40 ta guruhlarda 1100 nafar bolalar qamrab olindi.
Shuningdek, viloyatning chekka hududlari bo‘lgan Oqoltin tumani Toshkent va Mustaqillik MFY, Sardoba tumani Zomin va Bo‘ston MFY hamda Xovos tumani Oqchangal va O‘zbekiston to‘kinchiligi mahallalarida «Aqlvoy» loyihasi doirasida 3 ta qayta jihozlangan ISUZU rusumli avtobus (AQLVOY), bolalar maydonchalari bo‘lgan 6 ta avtoturargohga ega mobil maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jami 2 936 nafar pedagog, shundan 812 nafari oliy, 2124 nafari o‘rta maxsus ma'lumotli kadrlar faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda oliy ma'lumotli kadrlar bilan ta'minlanganlik holati 34 foizga yetkaziladi.
Mavzuga oid

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025