Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi
Ushbu go‘sht mahsulotlari Qashqadaryo viloyatidan yuborilgan. Laboratoriya tekshiruvi ular eshak go‘shti ekanini tasdiqlagan.

Foto: Videodan kadr
Sirdaryoda 361 kilogramm eshak go‘shtini olib ketayotgan haydovchi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Milliy telekanalining «Millar» dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 25 may kuni Qarshi—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli transport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida mashinaning yukxonasidan go‘sht mahsulotlari topilgan.
Suhbat davomida haydovchi ushbu go‘sht mahsulotlari o‘ziga tegishli emasligini, balki uni aytilgan manzilga olib ketayotganini bildirgan.
Sirdaryo viloyati IIB JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimining so‘zlariga ko‘ra, transport vositasida noma’lum hayvonga tegishli 361 kilogramm go‘sht borligi aniqlangan. Ushbu go‘sht mahsulotlari Sirdaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi laboratoriyasiga topshirilgan va ular eshak go‘shti ekani tasdiqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:59 / 21.06.2025
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

22:48 / 09.06.2025