Yevroparlament Rossiyani SWIFT to‘lov tizimidan uzib qo‘yishni taklif qilmoqda
Rossiya bankining bildirishicha, mamlakat kredit tashkilotlarining xalqaro terminallardan uzib qo‘yilishi ehtimoli uchun maxsus tizim allaqachon ishlab chiqilgan.

Foto: alexfan32/Shutterstock/FOTODOM
«Ukrainaga nisbatan tajovuz davom etadigan bo‘lsa», Rossiyani SWIFT to‘lov tizimidan uzib qo‘yish hamda uning neft va gazidan voz kechish lozim. Yevroparlament rezolyutsiyasi loyihasida ana shunday taklif bildirildi.
Bundan tashqari, Rossiya hukumatiga yaqin bo‘lgan biznesmenlar va ularning oila a'zolari aktivlarini muzlatish hamda vizalarini bekor qilish taklif etilgan.
Yevroparlament rezolyutsiyalari majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga ega. Ammo Yevroittifoqning boshqa institutlari deputatlar fikrini inobatga olishi lozim.
Rossiya bankining bildirishicha, mamlakat kredit tashkilotlarining xalqaro terminallardan uzib qo‘yilishi ehtimoli uchun maxsus tizim allaqachon ishlab chiqilgan.
SWIFT — banklararo ma'lumot almashish va to‘lovlarni amalga oshirish tizimi bo‘lib, unga dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridagi 11 mingdan ortiq yirik tashkilot ulangan.
Mavzuga oid

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

13:33 / 19.04.2025