Bayden Putinga telefon qilib, uchrashishni taklif qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga telefon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, qo‘ng‘iroq Baydenning tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Oq uyga ko‘ra, Bayden saylovlarga aralashish va kiberhujumlar uchun kerakli javob berilishini Putinga yana bir bor tushuntirgan. Tomonlar harbiylar ustidan nazorat va boshqa xavfsizlik masalalarini ham muhokama qilgan.
Bayden Putinga yaqin uch oy ichida neytral mamlakatda o‘zaro uchrashishni taklif qilgan. Shuningdek, AQSh prezidenti Rossiyaning Qrim hamda Ukraina chegarasidagi favqulodda faollashuvidan xavotirda ekanini bildirgan va Ukrainaning suverenitetini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Oq uyga ko‘ra, prezidentlarning uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar to‘liq ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oldinroq Bayden Putinni qotil deb hisoblashini aytgan va Putin bunga javoban hamkasbini jonli efirda bahslashishga taklif qilgandi.
Mavzuga oid

19:30 / 28.05.2025
Trampning Putinga nisbatan ritorikasi o‘zgardi. Oxirgi suhbatdan keyin

08:16 / 17.05.2025
Pistorius: Putin Ukrainadagi urush tugashini xohlamaydi

22:09 / 14.02.2025
Bloomberg: Putin Ukraina bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarga «og‘ir vaznlilar jamoasi»ni jalb etadi

15:46 / 22.01.2025