O‘rta Chirchiq tumanida hokimlik xodimi pichoqlandi
Toshkent viloyat prokuraturasi O‘rta Chirchiq tumani hokimligi xodimiga tan jarohati yetkazilganligi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, tumanda yashovchi fuqaro B.A. 2021 yil 19 yanvar kuni nizoli xonadonga tuman hokimining egalik huquqi berish haqidagi qarori qabul qilinmayotgani, bunga tuman hokimligi xodimi T.S. to‘sqinlik qilayotgani vajidan u bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning qorin qismi va chap oyog‘i son qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 19 yanvar kuni O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi B.A. Jinoyat-protsessual kodeks talablari asosida ushlangan.
Hozirda O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025