Amazon o‘zining ilk robotaksisini taqdim qildi
Zoox startapi Amazon kompaniyasi uchun birinchi haydovchisiz avtomobilni ishlab chiqishni yakunladi. E'tiborlisi, avtomobilda rul yo‘q va uning old hamda orqa tomoni ham bir xil ko‘rinishda bo‘lib, u ikki tomonga birdek tez yura oladi.

Foto: Zoox
Avtomobil ichida rul va odatdagi o‘rindiqlar o‘rniga bir-biriga qaragan ikki juft o‘rindiq joylashgan. Avtomobil 4 kishini tashishga mo‘ljallangan.
Mashina uzunligi 3,63 metrni tashkil qiladi va 120 km/soat tezlikda yura oladi. Avtomobil ikkita akkumulyatordan quvvatlanib, ular avtomobilga qayta quvvatlanishsiz 16 soat yurish imkonini beradi.
Avtomobil ikki tomonlama harakat uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalari tizimi bilan jihozlangan.
Avtomobilning avtonom yurishi uchun lidar, radar va kameralarni o‘z ichiga oluvchi tizimlar to‘plami javob beradi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, ushbu tizimlar avtomobilga 150 metr uzoqlikdagi obektlarni ko‘rish imkonini beradi.
Mashina salonida musiqa va haroratni boshqarish uchun individual sensor displeylar, stakanlar uchun tagliklar va smartfonlarni simsiz quvvatlash uchun joylar ko‘zda tutilgan.
Zoox’ning ma'lum qilishicha, robotaksi Las-Vegas, San-Fransisko va Foster-Sitida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Kelgusida startap Amazon ko‘magida ushbu mashinalardan yiliga 10-15 ming dona ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

18:36 / 10.04.2025
Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi

23:40 / 02.04.2025
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi

16:58 / 26.03.2025
Amazon 2024 yilda 15 milliondan ortiq kontrafakt mahsulotlarni musodara qildi

14:24 / 06.01.2025