Avstriya koronavirus sababli lokdaun e'lon qildi
17 noyabrdan boshlab Avstriyada qisman komendantlik soati joriy etiladi. Aholi uyidan faqat ishga, do‘konga, sport bilan shug‘ullanish yoki muhtojlarga yordam berish uchun chiqishi mumkin. Ushbu rejim 6 dekabrgacha amal qiladi.

Foto: Eibner Europa / imago images / TASS
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda keskin cheklov choralari joriy etilishini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
17 noyabrdan boshlab Avstriyada qisman komendantlik soati kiritiladi. Aholi uyidan faqat ishga, do‘konga, sport bilan shug‘ullanish yoki muhtojlarga yordam berish uchun chiqishi mumkin. Ushbu rejim 6 dekabrgacha amal qiladi. Faqat birinchi zarurat mollari bilan savdo qiladigan do‘konlargina ishlaydi.
Ko‘ngilochar maskanlar va restoranlar ikki haftadan buyon yopiq, endi ular qatoriga kutubxonalar, sartaroshxona va sport zallari ham qo‘shiladi. Maktablar onlayn-rejimga o‘tadi.
Kursning so‘zlariga ko‘ra, Avstriyada oxirgi haftada 100 ming kishiga 550ta yangi holat to‘g‘ri kelgan – bu hukumat hisoblagan me'yordan 11 baravar ko‘p.
Avstriya sog‘liqni saqlash vazirligi faqat qat'iy lokdaun shifoxonalar tizimini inqirozdan saqlab qolishi mumkinligini qayd etgan.
Mavzuga oid

18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi

01:33 / 05.04.2025
Avstriya chorva mollari orasida tarqalgan infeksiya sabab chegaralarini yopadi

17:36 / 09.03.2025
Olimlar Avstriya muzliklari rekord darajada tez eriyotganidan ogohlantirdi

00:48 / 06.03.2025