Avstriya kansleri qochqinlarining o‘z oilalari bilan birlashish dasturini to‘xtatib qo‘ydi
Qochqinlarning o‘z oilalari bilan birlashish huquqi YeI qonunlari bilan mustahkamlangan. Ammo Avstriyaning yangi kansleri bu mamlakat ta’lim tizimiga ulkan yuklamani hosil qilishidan xavotirda.

Foto: Reuters
Avstriyaning yangi kansleri Kristian Shtoker 4 mart kuni qochqinlarni oilalari bilan birlashtirish dasturi zudlik bilan to‘xtatilishini e’lon qildi.
«Zudlik bilan — bu hozirdan degani», — dedi u. Shu kunning o‘zida Avstriya ichki ishlar vaziri bu haqda YeI rasmiylarini xabardor qildi.
Koalitsiya tuzishga urinish sabab besh oydan keyin shakllantirilgan yangi hukumatga Avstriya xalq partiyasi yetakchisi Kristian Shtoker boshchilik qiladigan bo‘ldi. Partiya migratsiya qonunchiligini kuchaytirish tarafdori hisoblanadi. Qochqinlarning o‘z oilalari bilan birlashish huquqi YeI qonunlari bilan mustahkamlangan, ammo Shtokerning fikricha, migrantlar oqimi ortib ketganida mamlakatlar ushbu dasturni to‘xtatib tura oladi.
Avstriya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024 yillar davomida oilasi bilan birlashish dasturi doirasida mamlakatga 18 ming qochoq kelgan. Shtokerning so‘zlariga ko‘ra, bu Avstriya ta’lim tizimiga ulkan yuklamani hosil qiladi, chunki dastur doirasida kelayotganlarning aksariyati — bolalardir. U Avstriya qochqinlarni qabul qilish kvotalari bo‘yicha yangi qoidalar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi

01:33 / 05.04.2025
Avstriya chorva mollari orasida tarqalgan infeksiya sabab chegaralarini yopadi

21:06 / 02.04.2025
WSJ: AQSh deportatsiya qilinadigan migrantlarni Moldovaga jo‘natmoqchi

16:21 / 31.03.2025