Jahon | 23:41 / 09.07.2025
1079
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin

Yevropa komissiyasi agar Afrika davlatlari migrantlar oqimiga to‘sqinlik qilmasa, mintaqadagi qashshoq davlatlarga ko‘rsatiladigan yordamlarni qisqartirish taklifini ilgari suradi.

Foto: AP

Yevrokomissiya agar Afrikaning qashshoq davlatlari hukumatlari Yevropaga kelayotgan migrantlar oqimiga to‘sqinlik qilmasa, ularga ko‘rsatilayotgan yordamni qisqartirish taklifini ilgari surmoqchi. Idora ushbu tashabbusni yetti yillik budjet rejasi doirasida taqdim etish niyatida, deb yozadi Politico.

«Moslashuvchan rag‘batlantiruvchi yondashuv doirasida tegishli vositalar va zarur bosimning bor imkoniyatidan foydalaniladi, jumladan, kerak bo‘lsa, moliyalashtirishni taqsimlashga ham o‘zgartirish kiritilishi mumkin», — deyiladi YeIning 2028-2035 yillarga mo‘ljallangan budjet loyihasida.

YeI bunga qadar yordam taqdim etish uchun keskin shartlar qo‘ymagan va bunday chora-tadbirlar Yevrokomissiyaning migratsiya masalasiga nisbatan pozitsiyasi qat’iylashgani bilan bog‘liq. Politico’ning qayd etishicha, AQSh va Buyuk Britaniya ham shu kabi usullarni qo‘llaydi: ular tashqi yordamlardan bosim richagi sifatida foydalanadi. Taklif 16 iyul kuni taqdim etiladi.

Avvalroq Gretsiya hukumati 2011 yildan beri birinchi marta suriyalik qochoqlarga boshpana berishni rad eta boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid