Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun shartini aytdi
Hozirda qonunga ko‘ra prezident vazifasini bajaruvchi shaxs prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi.

Foto: RIA Novosti
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov agarda qonunchilikka o‘zgartirish kiritiladigan bo‘lsa, prezident saylovida ishtirok etishga tayyorligini aytdi.
Hozirda qonunga ko‘ra prezident vazifasini bajaruvchi shaxs prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi.
«Hozirda parlamentda parlament va prezident saylovlari to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar tayyorlanmoqda. Agarda qonunchilikdagi o‘zgarishlar natijasida saylovda ishtirok etishimga ruxsat berilsa, qatnashaman», - dedi u «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, «bu haqda gapirishga hali erta, hozircha bu borada qaror qabul qilinmadi».
14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarovni bosh vazirlikka tayinladi.
Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.
Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.
Mavzuga oid

17:34
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga hukm qilindi

07:50 / 24.05.2025