Qirg‘iziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga hukm qilindi
Bishkek sudi sobiq davlat rahbari Almazbek Atambayevni qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi. Sud hukmi bilan u barcha davlat mukofotlaridan ham mahrum etildi.

Foto: TASS
Bishkekning Pervomaysk tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atambayevni qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi va uni sirtdan 11,5 yil qamoq jazosiga hukm qildi.
Qayd etilishicha, Atambayev Chuy viloyati Qo‘y-Tosh qishlog‘ida yer uchastkalarini noqonuniy yo‘l bilan olganlikda, Bishkek IESini modernizatsiya qilish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda, shuningdek, 2019 yil 7–8 avgust kunlari Qoy-Tosh qishlog‘ida ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda aybdor deb topilgan.
Bundan tashqari, sobiq prezidentning mol-mulki musodara qilinadi va u barcha davlat mukofotlaridan mahrum etiladi.
Mazkur jinoyat ishi doirasida yana bir nechta yuqori martabali amaldor, jumladan, prezident administratsiyasining sobiq rahbari Faril Niyozov hamda parlament sobiq deputati Irina Karamushkina ham sudlangan. Ularning birinchisi 7 yil 8 oyga, sobiq deputat esa 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
17 aprel kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan «qonunga bepisand o‘g‘ri» deb atalmish Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha sud hukmi o‘qilgandi. Atambayev Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 319-moddasi (korrupsiya) bo‘yicha aybdor deb topilgan, biroq da’vo muddati o‘tganligi sababli jazodan ozod etilgan edi.
Almazbek Atambayev 2011-2017 yillarda Qirg‘iziston prezidenti lavozimida ishlagan, hokimiyat Sooronbay Jyeenbekovga o‘tganidan keyin ularning munosabatlari yomonlashgan va Atambayev muxolifatga o‘tgan. 2019 yilda uning daxlsizligi olib tashlangan va u bir qancha jinoyatlarda ayblandi.
Atambayev 2020 yil iyun oyida Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilishda aybdor deb topilib, mulkini musodara qilish va davlat mukofotlaridan mahrum qilish bilan 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2023 yil 13 fevralda Qirg‘iziston Oliy sudi yangi ochilgan holatlar tufayli hukmni bekor qilgan va ertasi kuni Atambayevga xorijga chiqishga ruxsat berilgandi.
Mavzuga oid

15:32
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025