Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
4 oktyabrda Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Saylovlarda 16 ta partiya ishtirok etmoqda. Ular 120 ta o‘rin uchun kurash olib boradi.

Foto: TASS
Saylovlar pandemiya sababli sanitar-epidemiologik xavfsizlik sharoitlarida o‘tmoqda.
Respublikada jami 3,5 mln nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.
Saylovlarda 16 ta partiya ishtirok etmoqda. Ular orasida “Ata-Meken”, “Bir Bol”, “Birimdik” kabi partiyalar bor. Aksariyat mahalliy ekspertlarning fikricha, saylovlarda ushbu partiyalardan 5-7tasigina ijobiy natijaga erishish imkoniga ega.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov saylovlar qanday yakunlanishini oldindan aytib bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Qirg‘iziston parlamenti 120 nafar deputatdan tashkil topgan. Ular har 5 yilda saylanadilar. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, saylovlarda g‘alaba qozongan partiya eng ko‘pi bilan 65 ta deputatlik o‘rniga umid qilishi mumkin. O‘rinlarning taqsimlanishida saylovlarda eng kamida 7 foiz ovoz va respublikaning 7 ta viloyati hamda Bishkek va O‘sh shaharlarida 0,7 foizdan kam bo‘lmagan ovoz to‘plagan partiyalar ishtirok etishi mumkin.
Saylovlar borishini 43 ta davlat va 33 ta xalqaro tashkilotdan 270dan ko‘proq kuzatuvchi kuzatadi.
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025