AQShdagilar Xitoydan antiqa jo‘natmalar olmoqda
Nyu-York shtatida yashovchilar ham mahalliy radiostansiyaga Xitoydan jo‘natilgan tibbiy niqoblar haqida xabar bergan.

Foto: Flickr / Demis Gallisto
Amerikadagi bir nechta shtatlar aholisiga Xitoydan nafaqat urug‘ solingan paketlar, balki boshqa jo‘natmalar ham kelmoqda, deb yozadi New York Post gazetasi.
Amerikaliklar quyoshdan himoya qiluvchi soxta Rayban ko‘zoynaklari, hushtaklar olmoqda.
O‘tgan oyda Kelli Litti ismli ayolga Xitoydan tibbiy niqoblar kelgan.
Nyu-York shtatida yashovchilar ham mahalliy radiostansiyaga Xitoydan jo‘natilgan tibbiy niqoblar haqida xabar bergan. Endikott qishlog‘ida yashovchi Doun Proktorga esa eski paypoq kelgan.
Avgust boshlarida AQSh, Portugaliya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada yashovchi kishilar pochta orqali urug‘ solingan jo‘natmalar olgani xabar qilingandi. Jo‘natmalarda oq yoki qora rangdagi urug‘lar bo‘lib, jo‘natmalar ustiga Xitoy pochtasi stikeri yopishtirilgan.
Xitoy tomoni ushbu stikerlar qalbaki ekanligini bildirgan.
Mavzuga oid

20:30 / 20.04.2025
NYT: Tramp Davlat departamentini «tubdan qayta tashkil etish»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi

15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi

14:49 / 20.04.2025