Navoiyda IIB xodimi do‘pposlandi

Navoiy viloyatida IIB xodimiga nisbatan jinoyat sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xatirchi tumani IIB HPB profilaktika inspektori O‘.X. (1991 y.t.) boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomashinada piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgan vaqtida, uning orqasida fuqaro A.O‘. (1990 y.t.) "Matiz" rusumli avtomashinada to‘xtagan.
A.O‘. profilaktika inspektori O‘.X uning yo‘lini to‘sib turganligini vaj qilib, uni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan hamda O‘.X.ning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, o‘z avtomashinasini harakatini davom ettirishi natijasida, uning o‘ng oyog‘ini bosib o‘tgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 10 oktabr kuni Xatirchi tumani prokuraturasi tomonidan A.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

22:09 / 29.05.2025
“O‘lib qolaman deb o‘yladim” – Toshkentda IIB xodimlari fuqaroni qiynab, bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lishdi

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:24 / 19.05.2025
Toshkentda ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi

10:06 / 21.04.2025