AQSh aviakompaniyalariga Eron ustidan uchish taqiqlandi

Foto: Pixabay
AQShning fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) AQSh aviakompaniyalariga Eronning Hurmuz bo‘g‘ozi va Ummon ko‘rfazi ustidagi havo hududidan uchib o‘tishni taqiqlovchi shoshilinch ogohlantirishni e'lon qildi.
FAA’ning boshqa bayonotida Eron tomonidan AQSh droni urib tushirilganda unga eng yaqin samolyot 72 km uzoqlikda bo‘lganini ma'lum qilgan.
20 iyunda Islom inqilobi soqchilari korpusi eronlik harbiylar Eron janubida, Fors ko‘rfaziga kirish joyida mamlakat havo hududiga buzib kirgan AQShning uchuvchisiz parvoz qurilmasini urib tushirganini ma'lum qilgan. Keyinroq AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi Eron zenit-raketa majmuasi Hurmuz bo‘g‘ozi ustidagi xalqaro havo hududida AQSh dronini urib tushirganini xabar qilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp dronning urib tushirilishini “Eronning katta xatosi” deb atagan, biroq keyinroq bu atayin qilinganiga ishonmasligini aytgan va kimdir xato qaror qabul qilgani taxminini bildirgan.
Mavzuga oid

18:40
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20
AQShda bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Barcha tirik qoldi

17:45
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi

15:06 / 08.06.2025