Buxorodagi bozorda beton plita qulashi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Foto: «Podslushano v Buxare»
Buxoro viloyatining Vobkent tumanida qurilgan bozorda beton plita odamlar ustiga quladi. Bu haqda «Podslushano v Buxare» kanali ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, bozor 27 kunda qurib bitkazilgan, hodisaga ish shoshilinch va sifatsiz bajarilgani sabab bo‘lgan.
«Vobkentdagi bozor 27 kunda qurildi. Men ular katta bozorni qanday qilib buncha qisqa vaqt ichida qurib bitkazishganini tasavvur qila olmayapman. Afsuski, bu ish oqibatida plita qo‘qqisdan odamlar ustiga qulab tushdi.
Janob kattakonlar, obektlar qurilishini shoshiltirishdan nima naf?», deya qayd etgan telegram-kanal adminstratori.
Hodisa oqibatida 2 kishi jiddiy jarohat olgan va reanimatsiyaga joylashtirilgan. Yana 2 kishi yengil jarohatlar olgan.
Mavzuga oid

11:40
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi

10:02
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

21:10 / 01.04.2025
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi

18:36 / 31.03.2025