Xorijiy kompaniyalarga foydani repatriatsiya qilish yengillashtirildi

Foto: Bloomberg
Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi va Tijorat banklari tomonidan chet el valutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Birinchidan, endi uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslarga ham milliy va chet el valutasidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin. Ularga, tegishincha, bunday savdolardan tushgan mablag‘lar o‘tkaziladi.
Ikkinchidan, doimiy muassasa tashkil etgan norezident yuridik shaxslarga O‘zbekistondagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlarini o‘zlarining milliy va chet el valutasidagi hisobvaraqlariga o‘tkazishga ruxsat berildi.
Doimiy muassasa orqali O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiradigan norezidentlarning chet el valutasidagi mablag‘lari mamlakat tashqarisidagi hisobvaraqlarga o‘tkazilishi mumkin. Boshqacha aytganda, foydani repatriatsiya qilishga ruxsat berildi.
Hujjatlar 25.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

15:54 / 04.06.2025
O‘zbekistonda kredit olganlarning 40 foizi oylik daromadining yarmidan ko‘pini kredit to‘lashga sarflamoqda

11:02 / 03.06.2025
Chet eldan olingan pul o‘tkazmasi soliqqa tortiladimi?

11:37 / 31.05.2025
YouTube monetizatsiyasi o‘zbekistonliklar daromadini yiliga 50 mln dollarga oshirishi mumkin. Bunga nima xalal beryapti?

12:51 / 06.05.2025