Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi aviashouda 300 ta transport vositasi yonib ketdi

Hindistonning Bangalor shahri shimolida o‘tayotgan Aero India-2019 aviashou vaqtida chiqqan yong‘in oqibatida 300 ga yaqin transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda 23 fevralda NDTV telekanali ma'lum qildi.
Yong‘in xalqaro aviashou o‘tayotgan Yelaxanka aerodromi yonidagi avtoturargohda chiqqan. Yong‘in oqibatida avtobus va yengil avtomobillardan tortib skuter va mototsikllargacha bo‘lgan transport vositalarining kuli ko‘kka sovurilgan.
Politsiya xodimlarining taxminicha, yong‘inga qurib yotgan o‘t ustiga tashlangan sigaret sabab bo‘lgan. Kuchli shamol esa yong‘inning tez tarqalishiga turtki bo‘lgan.
Voqea joyiga 12 ta o‘t o‘chirish mashinasi kelgan, vaziyatni baholash uchun vertolyot jalb qilingan. Ayni vaqtda yong‘in o‘chirilgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Aviasalon ishi vaqtinchalik to‘xtatilib, yong‘in sabablarini aniqlash maqsadida tergov boshlangan.
Mavzuga oid

13:31
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

19:02 / 09.07.2025
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

16:48 / 09.07.2025