Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniya parlamentiga kirishda NATO bayrog‘i o‘rnatildi

Makedoniyaning NATOga uzoq kutilgan kirishi ramzi sifatida mamlakat parlamentiga kirishda alyansning bayrog‘i o‘rnatildi.
Shu munosabat bilan poytaxt Skopeda mamlakat bosh vaziri Zoran Zayev ishtirokida tantanali marosim bo‘lib o‘tgan. Uning davomida vazirlar mahkamasi binosidan “Makedoniya Respublikasi hukumati” degan yozuv olib tashlangan.
Eslatib o‘tamiz, Makedoniyaning NATOga kirishi uchun mamlakat nomini “Shimoliy Makedoniya”ga o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan.
Zayev Gretsiya va Makedoniya tashqi ishlar vazirlari Nikos Kotzias va Nikola Dimitrovga, NATO va Yevropa Ittifoqi vakillariga minnatdorlik bildirgan.
6 fevralda Shimoliy Makedoniyaning NATOga kirishi haqidagi bayonnoma alyansning barcha a'zolari tomonidan ratifikatsiya qilingandi. Shu tariqa, sobiq yugoslav davlati Gretsiya bilan mamlakat nomini o‘zgartirish haqidagi kelishuv evaziga NATOning 30-a'zosiga aylandi.
2018 yil 17 iyunda Makedoniya va Gretsiya Makedoniyaning Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb nomlanishi haqidagi kelishuvni imzolagan.
Mavzuga oid

13:08
O‘zbekistonliklar dunyo bo‘ylab kruiz laynerlarida ishlashi mumkin bo‘ladi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

21:23 / 15.07.2025