Britaniyalik uchuvchilar osmonda noma'lum uchar jismlarni ko‘rishganini aytishdi

Foto: Toby Melville / Reuters
Bir nechta aviakompaniyalar uchuvchilari Buyuk Britaniya osmonida noma'lum uchar jismlarni ko‘rishganini aytishdi. Bu haqda Daily Mail xabar qilmoqda.
British Airways aviakompaniyasining Monrealdan Londonga parvoz qilgan Boeing 787 samolyoti uchuvchisi osmonda «bir lahzada g‘oyib bo‘lgan o‘ta yorqin yorug‘likni» ko‘rgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga samolyotning chap tomonida noma'lum jism paydo bo‘lgan, so‘ngra shimol tarafga keskin burilib g‘oyib bo‘lgan. Havo harakatini boshqarish xizmati radarlarida esa hech qanday jism qayd etilmagan.
Orlandodan Manchesterga uchgan Virgin Airlines aviakompaniyasi samolyoti uchuvchisi esa osmonda «atmosferaga kirgan meteor yoki boshqa jismni» ko‘rganini aytgan.
Nashrning yozishicha, osmondagi g‘alati yorug‘lik haqida yana bir aviakompaniya uchuvchisi ham ma'lum qilgan. Irlandiya aviatsiya boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshladi.
Mavzuga oid

18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi

19:33 / 14.05.2025
Britaniyada 38 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

23:00 / 12.05.2025
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times

19:47 / 12.05.2025