Tergovchiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativ foto
Bosh prokuratura va Namangan viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda «Namangandonmahsulotlari» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha «Hamkor qurilish servis» MChJ rahbari E.Mamadjanov aniqlangan 12,3 mln. so‘m zararni yopib berish hamda jinoyat ishi bo‘yicha unga nisbatan qismini tugatish evaziga Namangan viloyat prokuraturasi tergovchisi X.Umirzaqovga 300 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan E.Mamadjanovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

08:26 / 19.06.2025
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

08:27 / 16.06.2025