Abdulaziz Komilov AQSh general-mayori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
19 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Jyenson Boylz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh aloqalarining mustahkamlanishi doirasida O‘zbekiston va Missisipi shtati o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashning ba'zi masalalari muhokama qilindi.
“General Jyenson Boylz Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar to‘g‘risida so‘zlar ekan, ular Missisipi shtati Milliy gvardiyasi va O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashish imkonini berganligini qayd etdi”, - deyiladi xabarda.
Muzokaralarda O‘zbekiston-AQSh muloqotidagi ijobiy o‘zgarishni mustahkamlash va rivojlantirish, unga ko‘p qirrali va uzoq muddatli tus berishdan tomonlar manfaatdorligi ta'kidlandi.
Avvalroq Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Jyenson Boylz boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekiston Mudofaa vazirligida uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

00:45
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

22:13 / 21.04.2025
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi

19:11 / 21.04.2025