Jahon | 16:17 / 29.07.2025
1867
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar yarim yillik turg‘unlikdan keyin quvnoq hayotiga qaytmoqchi

Amerikaliklar avgust oyida sayr-u sayohatda bo‘lishni tanladi. Yil boshidagi iqtisodiy ahvoldan kelib chiqib, ko‘pchilik ortiqcha xarajatlarni yig‘ishtirgandi. Biroq AQSh sayyohlik bizneslari, jumladan United Airlines, Southwest airlines, Hilton va Wyndham mehmonxona tarmoqlari avgustdagi bronlardan anchagina xursand.

Foto: The Independent

AQSh iste’molchilarining kayfiyati iyun oyidagi inflatsiya, zaiflashgan AQSh dollari va Prezident Donald Trampning savdo urushi bilan bog‘liq bo‘lgan silkinishdan keyin iyul oyida yana joyiga qaytyapti. Reuters’ning yozishicha, bu xarajatlarning o‘sishiga olib keldi, sayyohlik kompaniyalari buyurtmalar ko‘payganini tasdiqladi va endi to‘rtinchi chorakda daromadning kuchli o‘sishi kutilyapti.

"Ushbu noaniqlik tufayli fevral oyining boshlarida talab pasaygan edi. Hozir esa talab kuchayganga o‘xshaydi", dedi United airlines bosh tijorat direktori Endryu Nosella.

AQShning aksariyat aviakompaniyalari va mehmonxona operatorlari aprel va may oylarida o‘zlarining moliyaviy prognozlarini bekor qilishgan yoki qisqartirishdi. Chunki Prezident Trampning savdo urushi sanoatni COVID-19 pandemiyasidan keyingi eng noaniq vaqtga olib kelib qo‘ydi.

Shunday bo‘lsa-da, iqtisodiyot doimiy ravishda o‘zgarib borayotgan tariflar landshaftida va inflatsiya AQSh Federal rezervi kutgan 2% stavkasidan yuqori bo‘lgan sharoitda – noaniqlik haliyam kuchli.

Wyndham mehmonxona operatorlarining ta’kidlashicha, Viskonsin, Michigan, Minnesota va Missuri kabi shtatlarda mehmondo‘stlik sanoatida jonlanish kuzatilmoqda.

"Avgust oyida biz yozgi sayohat mavsumini kuchliroq ko‘ramiz", dedi moliya direktori Mishel Allen.

American airlines esa avgust va sentabr oylarida daromadlar ketma-ket yaxshilanishini kutayotganini aytdi.

Mavzuga oid