O‘zbekiston-Turkiya savdo hajmi rekord darajaga yetdi

Foto: Anadolu Agency
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo hajmi rekord ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Bashar Shen ma'lumotiga ko‘ra, bu raqam yil yakuniga qadar qariyb 2 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Elchining Anado‘lu agentligiga bergan intervyusida ikki mamlakatning savdo munosabatlarida keskin o‘zgarish bo‘lishi, tez orada savdo hajmi 5 milliard dollarga yetishi haqida so‘z boradi.
Shen mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turk tadbirkorlarini O‘zbekistonga faol chorlayotganini ta'kidlab, bu yerda hech qanday «FeTO»ga aloqador tuzilma yo‘qligini aytadi.
«Tashkilot maktablari O‘zbekistonda yopilgani bizni xursand qiladi», deydi elchi.
Unga ko‘ra, «FeTO» maktablari 1999 yildan buyon O‘zbekistonda faoliyatini to‘xtata boshlagan. Bu jahon hamjamiyati ichida O‘zbekistonning uzoqni ko‘ra bilganini ham anglatadi.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025