Jaguar "aqlli" rul ishlab chiqardi

Foto: Daily-Motor
Britaniyaning Jaguar avtomobil konserni sun'iy intellektli futuristik rul ishlab chiqardi. Bu haqida Daily-Motor xabar berdi.
Rul g‘ildiragi taniqli dizayner Malkolm Sayyer sharafiga Jaguar Sayer nomini olgan. Yangi rul 2040 yil avtomobillarini namoyish qilishga mo‘ljallangan Future-Type kontsept-kariga o‘rnatiladi.
Jaguar ruli mashina egasiga bo‘lajak uchrashuv haqida eslatib, kun tartibiga oid ma'lumotlarni saqlab qola oladi. Shuningdek yangi texnologiya haydovchining istaklarini topishi ham mumkin, masalan, "drayver yo‘nalishi"ni tanlash yoki aksincha, avtopilotni yoqish.
Rul ko‘chuvchi bo‘lib, uni Jaguar'ning boshqa modellarida ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Rulni boshqa mashinaga ko‘chirganda haydovchi, kreslolar holati, audiotizim sozlamalari, navigatsiya kartalari va shu kabi barcha ma'lumotlardan yangi mashinada ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

21:36 / 15.04.2025
SCMP: Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi bir nechta yetakchi olimlar to‘satdan vafot etdi

20:54 / 15.04.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt haqida qonun qabul qilinmoqda. Unda nima yozilgan?

01:09 / 14.04.2025