Microsoft 6 ming xodimini ishdan bo‘shatganidan keyin yuzlab ishchilarini qisqartirdi
So‘nggi ishdan bo‘shatishlar may oyidagi qisqartirishlarning davomi hisoblanadi. Qisqartirishlar asosan dasturchi muhandislarga ta’sir qilmoqda.

Foto: Getty images
Microsoft korporatsiyasi so‘nggi yillardagi eng yirik ishdan bo‘shatishlardan bir necha hafta o‘tib, yana 300 nafardan ortiq xodimini qisqartirdi, deb xabar beradi Bloomberg.
Microsoft vakilining ma’lum qilishicha, so‘nggi ishdan bo‘shatishlar may oyida e’lon qilingan 6 ming ish o‘rnini qisqartirishga qo‘shimcha hisoblanadi. «Biz kompaniyamizni o‘zgaruvchan bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davom etamiz», — deydi agentlik suhbatdoshi.
Qayd etilishicha, sun’iy intellektning rivojlanishi texnologiyalar sohasida mehnat bozorini harakatga keltirgan — kompaniyalar SIga bog‘liq ish o‘rinlariga ustuvorlik berib, ushbu texnologiyadan mablag‘larni tejashda foydalanmoqda.
Microsoft sun’iy intellekt yordamida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish uchun kod yozish vositalari samaradorligiga tayanayotgan kompaniyalardan biridir. Avvalgi qisqartirishlar esa eng ko‘p dasturchi muhandislarga ta’sir qilgan.
2024 yil iyun holatiga ko‘ra, kompaniyada 228 mingga yaqin xodim faoliyat yuritgan, ularning 55 mingi AQShda ishlaydi.
Mavzuga oid

14:40 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma dasturlar tashkil etadi

09:22 / 31.05.2025
Microsoft Rossiya bozorini butunlay tark etyapti

19:53 / 28.05.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt statistika to‘plash uchun odamlarga telefon qiladi

19:19 / 28.05.2025