Olimlar giyohvand moddalarga tobe'likdan qutulish yo‘lini topishdi

Foto: .stepworks.com
AQShda miyani giyohvand moddalarning salbiy ta'siridan himoyalovchi vaksina ishlab chiqildi. Bu loyiha bilan Kaliforniya Instituti xodimlari shug‘ullanishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi.
Giyohvand moddalar immunitet ilg‘ay olmaydigan kichik molekulalardan iborat bo‘ladi, shuning uchun organizm mazkur zararli moddalar ta'siriga qarshilik ko‘rsata olmaydi, aksincha bunday preparatlarga tobe'likni rag‘batlantiradi.
Amerikalik olimlar immunitetni shakllantirishga qodir bo‘lmagan, lekin ba'zi oqsillar bilan reaksiyaga kirishadigan, tarkibida gaptenlar molekulasi bo‘lgan vaksinani kashf qilishdi. Gaptenlar giyohvand moddalarning paydo bo‘lishiga tezkor reaksiya bildiradi, bu esa tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega, zero yaqinda qora bozorda kimyoviy moddalardan ishlangan kuchli toksinlar paydo bo‘ldi.
Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar vaksinaning geroin ta'siriga qarshi sifatini tasdiqladi. Olimlar bundan keyin giyovandlar sonini qisqartirish va dozaning oshirib yuborilishining oldini olishni maqsad qilishmoqda.
Mavzuga oid

08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi

10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi

11:50 / 25.03.2025
Hududlarda salkam 100 kg giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

14:36 / 16.03.2025