Elektron pochtangizga AQShga chipta kelsa, ochmang! Virus bo‘lishi mumkin
Kiberfiribgarlar elektron spam-jo‘natmani ishlab chiqishdi va unga brauzerlar hamda elektron pochta ilovalaridan parollarni o‘g‘irlaydigan troyan dasturini yashirishdi. Bu haqda ESET matbuot xizmati «Gazeta.Ru»ga xabar bergan.
Elektron maktub Delta Air Lines aviakompaniyasining “vakili” nomidan yuborilgan. Unda Vashingtongacha chipta xarid qilingani, puli to‘langani va havola orqali yuklab olish mumkinligi haqida ma'lumot bo‘ladi.
Havoladan o‘tilganidan so‘ng, zararli makrosga ega Microsoft Office hujjati ochiladi. U ishga tushirilganidan so‘ng, kompyuterni PSW.Fareit troyani bilan zararlashni boshlaydi. U veb-brauzerlarda saqlangan login va parollarni o‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

07:40 / 21.05.2025