Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Ikki nafar shaxs Uchtepa tumanida fuqaroning ishonchiga kirib, Bo‘ka tumanidagi 4 gektar bo‘sh yer maydonini 420 000 dollarga sotishini va yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali kottej qurish uchun hujjatini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan puldan 90 000 dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar Sh.A. va A.S. fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 4 gektar bo‘sh yer maydonini 420 000 AQSh dollariga sotishini va yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali kottej qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan puldan 90 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar N.N. va Sh.M. kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali 80 000 AQSh dollari evaziga Urgut tumanidagi “B.B.” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar yer maydonini fuqaro A.O.ning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan puldan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:37
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

10:16
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

10:41 / 07.07.2025