Xitoy shimoli-g‘arbida yangi kuchli zilzila yuz berdi

Foto: Sinxua
Xitoy shimoli-g‘arbida yangi kuchli zilzila yuz berdi, uning kuchi 6,6 ballni tashkil qilgan. Bu haqda Sinxua xabar bermoqda.
Zilzila markazi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Urumchi shahridan 400 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 20 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila yuz bergan hudud Xitoy-Qozog‘iston chegarasi yaqinida joylashgan. Hozircha vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Bundan avval Xitoyning markaziy viloyati Sichuanda 7 magnitudali zilzila yuz bergandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgan, 164 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:46 / 17.04.2025