Pokiston Oliy sudi bosh vazir Navoz Sharifni hokimiyatdan chetlatdi

Foto: Getty Images
Pokiston Oliy sudi mamlakat bosh vaziri Navoz Sharif hokimiyatdan chetlatilgani haqida ma'lum qildi. Bunga sabab – uning oila a'zolariga korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Avvalroq Sharifning qarindoshlari ismlari “Panama hujjatlari”da paydo bo‘lgandi: OAVda bosh vazir oilasining offshor kompaniyalar bilan aloqalari haqida ma'lumotlar tarqaldi.
Ta'kidlanishicha, bosh vazirni hokimiyatdan chetlatish haqidagi qaror bir ovozdan qabul qilingan. Bundan tashqari, RIA Novosti’ning xabar berishicha, sud bosh vazirga nisbatan jinoyat ishini ochish haqida qaror qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Navoz Sharif Pokiston bosh vaziri lavozimini 2013 yilning iyunida egallagan.
Mavzuga oid

17:52 / 19.04.2025
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi

16:53 / 16.04.2025
O‘zbekistondagi shaharga Bobur nomining berilishi Pokistonda olqishlandi

14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi

07:57 / 02.04.2025