Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi

Skrinshot: President.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb sayti bo‘lmish president.uz saytining dizayni o‘zgardi va foydalanish uchun yanada qulay ko‘rinishga keltirildi.
Veb-saytda mamlakat prezidenti tomonidan e'lon qilingan farmon, qaror va farmoyishlar berib boriladi. Bundan tashqari, prezidentning xorij va mamlakat bo‘ylab qilgan safarlari hamda istiqboldagi rejalari yoritib beriladi.
Veb-sayt “Prezident”, “O‘zbekiston”, “Voqealar”, “Hujjatlar”, “Mediateka” va “Bog‘lanish” kabi ruknlardan iborat bo‘lib, mavzular ham ruknlarga monand joylashtirilgan.

Bundan tashqari, mazkur sayt orqali Prezidentning shaxsan o‘ziga murojaat yuborish imkoniyati taqdim etilgan. Qolaversa, “Voqealar taqvimi” orqali boshqa ma'lumotlar bilan ham tanishish mumkin.
Yangi veb-sayt oldingisiga qaraganda zamonaviy va qulay dizaynga ega tarzda shakllantirilgan.
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025