Krasnodarda yo‘lovchi avtobusi portlab ketdi

12 mart kuni Rossiyaning Krasnodarida yo‘lovchi avtobusi yonib ketib, so‘ngra portlagan. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar bermoqda. Avtobusdagi yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga ulgurilgan.
"PAZ avtobusi yo‘lda ketayotganda taxminan soat 19:15da salonda yong‘in boshlangan. Haydovchi mashinani o‘z vaqtida to‘xtatib, yo‘lovchilarga uni tark etishda yordam ko‘rsatgan. Bir ozdan keyin avtobusning gaz balloni portlagan", deyildi xabarda.
Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilar haydovchining mohirligi va o‘z vaqtidagi harakatlari evaziga qutqarib qolinganlar.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in avtobus elektr simidagi qisqa tutashuv sababli chiqqan.
Mavzuga oid

08:16 / 07.06.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

09:03 / 06.06.2025
Sergelidagi mebel sexida yong‘in ro‘y berdi

18:26 / 05.06.2025
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

13:59 / 05.06.2025