Afg‘onistondagi urushga bag‘ishlangan Bred Pitt ishtirokidagi komediya treyleri chiqdi

Netflix kompaniyasi YouTube’da “Urush mashinasi” komediyasining promoroligini taqdim etdi. Unda Bred Pitt va Tilda Suintonlar bosh rollarni ijro etishgan. Bu film rejissyor Devid Misho (“Hayvonlar saltanati”) tomonidan suratga olindi.
Filmga muxbir Maykl Xastingsning “Tasvirchilar” (The Operators) hujjatli kitobi asos qilib olindi – u AQShning Afg‘onistonga bostirib kirishiga bag‘ishlangan. Kartina bosh qahramoni – Qo‘shma Shtatlarning aksilterror amaliyotiga rahbarlik qiluvchi general Stenli Makkristal (Pitt).
Film premerasi 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Makkristal Xastings u bilan o‘tkazgan intervyusini Rolling Stone jurnalida e'lon qilgach 2010 yilda iste'foga chiqdi. Unda general AQShning Afg‘onistondagi elchisi Karl Eykenberri va boshqa amerikalik siyosatchilar, jumladan o‘sha paytdagi vitse-prezident Jo Bayden haqida salbiy fikrlarni bildirgan.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025