Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JARda begemot avtomobilga hujum qildi (Video)

Foto: The Sun
JARda begemot avtomobilga hujum qilib, jiddiy zarar yetkazdi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda.
Voqea Mozambikdan o‘z yo‘ltanlamasida qaytayotgan 26 yoshli Vikus Ceroni bilan sodir bo‘ldi. Kryuger milliy bog‘idagi ko‘prikka kelib qolgan haydovchi begemotni payqagan bo‘lsa-da, o‘z yo‘lida davom etaverdi. Haydovchi jonivor odamlarga o‘rganib qolgan, deb o‘ylagan.
“Kutilmaganda gippopotam burilib, men tomonga qarab yugurib kela boshladi, - deya aytib berdi Seroni jurnalistlarga. – Men u to‘xtamasligini tushunib, to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshladim”. Jonivor mashinaga hujum qilib, voqea joyidan ketib qoldi. Eshiklardan biri va kapot jiddiy zarar ko‘rgan. Bundan tashqari, avtomobilda tish izlari ham qoldi. Seronining fikricha, unga hali ham omad kulib boqdi: yon tarafga berilgan zarba tufayli mashina jarlikdan pastga qulab tushishi mumkin edi.

Mavzuga oid

15:07 / 26.07.2025
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi

20:03 / 22.07.2025
Kun.uz surishtiruvlaridan so‘ng ishonchnomaga avtomobilni chet elga olib chiqishga oid band kiritish taklif etilmoqda

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

13:40 / 16.07.2025