So‘rov: Tramp uchun qayerda eng ko‘p ovoz bergan bo‘lishardi?

Foto: © AP
Gallup International/WIN tadqiqot markazlari dunyo aholisi AQSh prezidentligi uchun saylovlarda ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lganda kimga ovoz berishlariga oydinlik kiritdi. O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, dunyo fuqarolarining aksariyati demokratlar nomzodi Hillari Klintonga ovoz bergan bo‘lardi, deb yozilgan «Romir» tadqiqot markazi xabarida.
Qayd etilishicha, 45 mamlakatdagi so‘ralganlarning yarmidan ortig‘i, ya'ni 59 foizi Klinton uchun ovoz berishini aytgan.
Respublikachilar vakili, milliarder Donald Trampga 25 foiz saylovchi ovoz bergan bo‘lar edi.
So‘rov natijasiga ko‘ra, Trampga ovoz beruvchilar soni Rossiya, AQSh va Xitoyda tegishli ravishda 33, 41 va 44 foizni tashkil etishi mumkin edi.
Ammo, aksariyat rossiyaliklar o‘z nomzodlarini aniqlashda qiynalgan va shu bois, so‘ralganlarning 57 foizi javob berishdan bosh tortgan.
Rasmussen Reports kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijasiga ko‘ra, Tramp o‘z siyosiy raqibi Hillari Klintonni ikki punktga ortga qoldirgan.
Mavzuga oid

00:30
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi

00:11
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos

22:20 / 16.06.2025
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi

20:24 / 16.06.2025