Jahon | 23:43 / 03.08.2025
723
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ko‘rinmas kemalar yordamida urib tushirish taklif qilinmoqda 

Xitoyda Starlink mamlakat uchun tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Bunga Mask kompaniyasining AQSh razvedka va harbiy idoralari bilan uzviy aloqada ekanligi sabab bo‘lmoqda.

Foto: AP

Xitoy olimlari milliarder Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini urib tushirish usullarini ishlab chiqmoqda. Xitoy ilmiy jurnallarida e’lon qilingan 64ta ilmiy ishni tahlil qilgan Associated Press ana shunday xulosaga keldi. 

Qayd etilishicha, olimlar kosmik lazerlar bilan jihozlangan ko‘rinmas kemalardan foydalanishni taklif qilishmoqda. Shuningdek, ular ion dvigatelli sun’iy yo‘ldoshlar orqali hujum qilishni ko‘rib chiqishmoqda. 

Nashrning yozishicha, Xitoyda Starlink sun’iy yo‘ldoshlari mamlakat uchun tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Bunga Mask kompaniyasining AQSh razvedka va harbiy idoralari bilan uzviy aloqada ekanligi sabab bo‘lmoqda.

Xitoyning bu boradagi xavotiri ayniqsa Rossiya-Ukraina urushidan so‘ng kuchaygan. Ukraina urushda aynan Starlink tarmog‘idan foydalanmoqda.

Mavzuga oid