Bosfor ko‘prigidagi turk askarlari taslim bo‘lishdi

Turkiya armiyasi harbiy xizmatchilari — davlat to‘ntarishi tarafdorlari taslim bo‘lib, Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozi ustiga qurilgan ko‘prik ustidan ketishmoqda.
CNN Turk telekanalining voqea joyidan efirga uzatgan videolavhalarida (OAV xabarlarida 50 nafar harbiy askar haqida so‘z yuritilmoqda) askarlar qo‘llarini ko‘tarib, safga tizilgan holda tanklar va boshqa zirhli texnikalarni tark etayotganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq, Bosfor bo‘g‘ozi xavfsizlik nuqtai-nazaridan tankerlar uchun yopilgani e'lon qilingan edi. Ko‘prikni esa, harbiylar davlat to‘ntarishiga urinish chog‘ida egallab olishgandi.
OAV xabarlariga ko‘ra, askarlar to‘ntarishga qarshi namoyishga chiqib, Bosfor ko‘prigidan o‘tmoqchi bo‘lganlarni o‘qqa tutgan.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025