15 Fevral

Prezident Andijon viloyati Marhamat tumanidagi shaxmat maktabi va kutubxonada bo‘ldi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Andijon viloyatida yashovchi fuqaro birdaniga ikki nafar sobiq turmush o‘rtog‘iga aliment bo‘yicha qarzdorlikni to‘lab bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB matbuot kotibi xabar berdi.

14 Fevral

Jamshidbek Bozorboyev Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanga 2022 yil 18 fevral kunidan buyon hokimlik qilib kelgan O‘tkirbek Shukurov sog‘ligi tufayli vazifasidan ozod qilingandi.

Otavulloxon Rasulov Oltinko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Bungacha tumanga hokimlik qilgan Muhammadmuso Obidov prezident topshirig‘iga ko‘ra lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqilib, ishdan olingandi.

Gulnora Ahmedova Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Gulnora Abdullayeva boshqa ishga o‘tayotganligi sababli vazifasidan ozod etilgan. 

11 Fevral

11 fevral kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi ikki qavatli uyda yong‘in yuz berdi. Yong‘in 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yordamida o‘chirildi.

Bu so‘nggi 4 oyda ko‘p qavatli uylarning tomi yonib ketishi bilan bog‘liq uchinchi hodisa hisoblanadi. Bundan oldingi hodisa 2 fevral kuni sodir bo‘lgandi.

10 Fevral

Senat yalpi majlisida Andijon va Toshkent viloyatlaridagi dasturlar ijrosi muhokama qilindi. O‘rganishlarda ushbu viloyatlarda dasturlar ijrosi bo‘yicha qator natijalarga erishish bilan birga kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

8 Fevral

Andijon viloyati Marhamat tumanida Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

7 Fevral

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi O‘tkirbek Shukurov lavozimidan ozod qilindi. Uning birinchi o‘rinbosari hokim lavozimiga vaqtincha tayinlandi.

6 Fevral

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani hokimi Muhammadmuso Obidov lavozimdan ozod etildi. Tumanga yangi hokim tayinlangan.

Ko`proq yangiliklar
Top