Jahon | 10:00
1769
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp agar kelishuv bajarilmasa, YeIga tariflarni oshirish bilan tahdid qildi

Trampning fikricha, Yevropa Ittifoqi AQSh iqtisodiyotiga 600 milliard dollar sarmoya kiritish majburiyatini olgan, Bryusseldagilar esa bu borada o‘zining «manfaati» haqida gapirmoqda.

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida, agar YeI kelishuv bo‘yicha o‘z investitsiya majburiyatlarini bajarishdan bosh torsa, AQSh YeIga nisbatan 35 foizlik bojlar joriy etishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Ular (Yevropa Ittifoqi) tariflarini pasaytirdi. Ular 600 milliard dollar to‘ladi va shu tufayli men ularning tariflarini 30 foizdan 15 foizga tushirdim. Bir necha davlatlar menga kelib: «Nega YeI bizdan kam to‘layapti?» deb so‘radi. Men shunday javob qaytardim: «Ular menga 600 milliard dollar berdi», — dedi Tramp YeI bilan tuzilgan kelishuv haqida.

Shu bilan birga, Tramp Yevropa Ittifoqining AQSh iqtisodiyotiga sarmoya kiritishi haqidagi kelishuvni «sovg‘a» deb atadi. «Va bu sovg‘a, bu qarz emas. Ular bizga 600 milliard dollar berdi, biz xohlagan narsaga sarmoya kiritishimiz mumkin», — dedi Tramp. Dpa agentligi ta’kidlaganidek, Trampning bayonotlari Yevropa Ittifoqining kelishuv talqiniga zid.

Yevropa Komissiyasi veb-saytida aytilishicha, YeI AQShdan 750 milliard dollarlik energiya tashuvchilar sotib olmoqchi va «Yevropa Ittifoqi kompaniyalari 2029 yilgacha AQSh iqtisodiyotining turli tarmoqlariga kamida 600 milliard dollar sarmoya kiritishga qiziqish bildirgan».

Mavzuga oid