Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Captiva avtomobilini boshqarib yurgan 7-sinf o‘quvchisi aniqlandi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida reyd tadbirlari o‘tkazdi.

Foto: YHXX
Ularning davomida maktabning 7-sinf o‘quvchisi Captiva rusumli transport vositasini boshqarib yurgani aniqlangan.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.
Shu bilan birga, maktab o‘quvchisining ota-onasi hamda mahalla fuqarolari o‘rtasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
"Hurmatli ota-onalar! Farzandingizning vaqtinchalik xursandchiligi deb, ularning baxtsiz hodisa qurboni bo‘lishiga sababchi bo‘lib qolmang!" - deyiladi YHXX xabarida.
Mavzuga oid

10:35 / 22.07.2025
Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan avtomobil to‘xtatildi

20:16 / 10.11.2022
Captiva-5 mojarosi: UzAuto Motors sudda yutqazdi

09:55 / 21.10.2022
Captiva-5 mojarosi: UzAuto Motors “texnik jihatdan nosoz” avtomobilga 1 oy davomida shartnoma berib kelganmi?

15:55 / 07.10.2022