Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston ordeni bilan mukofotlandi
Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va qardosh turkman xalqiga yuksak davlat mukofoti uchun minnatdorlik bildirdi.
- Ushbu mukofotni O‘zbekiston va uning ko‘p millatli xalqiga alohida e’tibor va hurmat, Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning e’tirofi sifatida qabul qilaman, - dedi davlat rahbari.
Boy tarixiy tajriba, qardoshlik va o‘zaro hurmat an’analariga asoslangan O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani qayd etildi.
Keyingi yillarda muhim iqtisodiy va gumanitar loyihalar amalga oshirildi, o‘zaro savdo hajmi va kooperatsiya ko‘lami keskin oshdi.
O‘zbekiston yetakchisi Arqadag‘ va mintaqaning barcha davlatlari rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni ilgari surishga ulkan hissa qo‘shayotganini alohida qayd etdi. Bugun butun xalqaro hamjamiyat mintaqaviy sheriklik va o‘zlikning yangi modelini barpo etishdagi umumiy muvaffaqiyatlarimizni e’tirof etayotgani ta’kidlandi.
So‘zining yakunida davlat rahbari yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda o‘tayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi hamda joriy yil dekabr oyida Ashxobod shahrida Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasidagi global sammit muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Mavzuga oid

18:37
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

15:46
Shavkat Mirziyoyev: «Dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan davlatlar jahon savdosida teng sharoitlarda ishtirok etishi – adolat masalasi»

12:12
Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlari rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlikka doir tadbirda qatnashdi

20:26 / 04.08.2025