Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Agenstvo»: Putinning qo‘riqchisi dronlarga qarshi qurol olib yurgani aniqlandi
Rossiya prezidenti atrofidagi shaxs tutib oluvchi dron olib yurishi ma’lum bo‘ldi. Putin mudofaa vaziri Belousov hamrohligida Qizil maydonda zobitlar bilan qo‘l berib ko‘rishganida erkak uni qo‘lida ushlab turgan.

Foto: kremlin.ru
Radiotexnologiyalar va dronlar bo‘yicha ukrainalik mutaxassis Sergey Beskrestnov Telegramʼdagi kanalida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Qizil maydonda o‘rab olganlardan biri qo‘lida uchuvchisiz uchish apparati turgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Orqa fonda Putin Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov hamrohligida parad formasidagi harbiy zobitlar bilan qo‘l berib ko‘rishayotgani tasvirlangan. Shu bilan birga, oldingi planda, prezidentdan bir necha metr narida ish kostyumida erkak kishi turibdi, u sumkada qisman yashirilgan yashil dronni ushlab olgan.
«Agenstvo» internet-nashrining taxminiga ko‘ra, video 9 may kuni bo‘lib o‘tgan paraddan so‘ng suratga olingan va erkakning qo‘lida «Yelka» tutib oluvchi droniga o‘xshash narsa bo‘lgan. Bunday uchish apparatlari, xususan, "Baba-yaga" dronlarini yo‘q qilish uchun ishlatiladi. Ilgari bunday qurilmalar Putin ishtirokidagi tadbirlarda uning atrofidagi odamlarda payqalmagan.
Ukraina dronlarining hujumlari tufayli Rossiya hukumati may oyida mobil tarmoqlarni muntazam ravishda uzib qo‘yishni boshladi. Ushbu chora-tadbirlar natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligini nishonlash vaqtida xavfsizlikni ta’minlash zarurati bilan izohlandi, biroq keyinchalik uzilishlar muntazam ko‘rinish oldi.
Mavzuga oid

23:14 / 29.07.2025
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi

16:37 / 29.07.2025
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi

14:30 / 29.07.2025
Isroil droni Livanda o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi

13:39 / 29.07.2025